YeI Rossiyani qaroridan qaytishga chaqirdi

Olam

image

Rossiyaning don kelishuvidagi ishtirokini bekor qilish qarori Ukrainaning don va o‘g‘itlar uchun asosiy eksport yo‘lini xavf ostiga qo‘yadi, bu dunyo Rossiyaning qo‘shni davlatga qarshi urushi oqibatida yuzaga kelgan global oziq-ovqat inqiroziga qarshi kurashish uchun juda zarur. Bu haqda bugun, 30 oktyabr kuni Yevropa Ittifoqining Tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Jozep Borrel ma’lum qildi. 

“Yevropa Ittifoqi Rossiyani bu qarorini bekor qilishga chaqiradi”, deydi u.

Moskvaning don kelishuvidagi ishtirokini to‘xtatish haqidagi qaroriga nisbatan Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy  Rossiyani “Katta yigirmatalik” (G20) dan chiqarib tashlash kerakligini aytib munosabat bildirdi.

AQSH Prezidenti Jo Bayden esa Rossiyaning don bitimidagi ishtirokini to‘xtatish haqidagi qarorini g‘azablantiruvchi deb atadi.

Avvalroq, Rossiya Mudofaa vazirligi anneksiya qilingan Sevastopoldagi Qora dengiz harbiy flotiga uyushtirilgan hujum munosabati bilan Ukrainadan oziq-ovqat mahsulotlarini eksport qilishga mo‘ljallangan kelishuvdagi faoliyatini to‘xtatishini ma’lum qilgan edi.

Ma’lumot uchun, 22 iyul kuni Istanbulda Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an va BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish ishtirokida Ukraina portlaridan g‘allani xavfsiz tashish bo‘yicha kelishuv imzolandi. Hujjatni Ukraina, Rossiya, BMT va Turkiya vakillari imzoladi. Don shartnomasi Ukrainaning Odessa, Yujniy va Chernomorsk portlarini o‘z ichiga oladi.

Shartnoma muddati 19 noyabrda tugaydi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti va Turkiya avvalroq kelishuvni uzaytirishga chaqirgan edi.

Oktyabr oyida Qrim ko‘prigida portlash bo‘lishi ortidan Rossiya Prezidenti Vladimir Putin don kelishuvi to‘xtatib qo‘yilishi mumkinligini aytgandi. U portlovchi uskuna don yo‘lagi orqali Qrimga olib kelingani tasdiqlansa, shunday qilinishini aytdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

416

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing