YeI Rossiyaga yangi sanksiyalar paketini tayyorlamoqda – OAV

Olam

image
0:00
0:00
download

Moskva Donbassdagi referendumlarni tan olsa, Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi yettinchi sanksiyalar paketini kiritishi mumkin, biroq bu masalada a’zo davlatlar o‘rtasida umumiy pozitsiya yo‘q. Bu haqda “Euractiv” portali Yevropa Ittifoqining nomi oshkor etilmagan rasmiylariga tayanib xabar berdi.

Portal ma’lumotlariga ko‘ra, yangi chora-tadbirlar kompleksi referendumlarni tashkil etish va o‘tkazishda ishtirok etuvchi shaxslar ro‘yxatini kengaytirishni o‘z ichiga olishi mumkin.

“Shuningdek, sanksiyalar bu hududlarda mahalliy amaldorlarga qarshi qo‘llash, savdo, turizm va moliyalashtirishni taqiqlash bo‘yicha ham bo‘lishi mumkin”, deyiladi nashr xabarida.

Ismini oshkor etmagan Yevropa Ittifoqi vakili yangi sohaviy sanksiyalar ham joriy etilishi mumkinligini ta’kidlagan. Ammo bu masalada yakdillikka erishiladimi yoki yo‘qmi, aniq emasligini aytgan.

“Yevropa Ittifoqining bir qancha diplomatlari yangi sanksiyalar paketini qo‘llash imkoniyati kamligini ko‘rmoqda. Ayniqsa Vengriya bunday harakatlarga veto qo‘yishi yoki to‘xtatib qo‘yishi mumkinligini hisobga olsak”, deydi u.

Eslatib o‘tamiz, YeIning Rossiya bilan yaxshi munosabatlarni saqlab qolgan Vengriya Tashqi ishlar va iqtisodiy aloqalar vaziri Peter Siyyarto Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar paketi haqida gapirishni bas qilishi kerakligini aytgan yedi.

Farangiz Salimova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

76

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing