YeI Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 10-paketi bo‘yicha kelishuvga erishdi 

Olam

image

Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlarning doimiy vakillari Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 10-paketi bo‘yicha kelishib oldi. Bu haqda kecha, 24 fevral kuni kechqurun Shvetsiyaning Yevropa Ittifoqi kengashiga raisligi ma’lum qildi.

“Rossiyaning Ukrainaga shafqatsiz va noqonuniy bostirib kirganiga bir yil bo‘ldi. Bugun Yevropa Ittifoqi Rossiya sanksiyalarining 10-paketini tasdiqladi”, deyiladi xabarda. 

Qayd etilishicha, yangi cheklov choralariga texnologiya eksportini cheklash, urushni qo‘llab-quvvatlovchi, targ‘ibot tarqatuvchi yoki Rossiya tomonidan urushda foydalanilgan dronlarni yetkazib beruvchi jismoniy va yuridik shaxslarga nisbatan taqiqlar qo‘yish hamda Rossiya dezinformatsiyasini to‘xtatish kabilar kiradi. 

Shuningdek, raislik bayonotida Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar birgalikda Ukrainaga urushda g‘alaba qozonishiga yordam berish uchun eng kuchli va keng qamrovli sanksiyalarni qo‘llashi aytilgan.

“Yevropa Ittifoqi Ukraina va ukrain xalqi bilan birlashgan. Biz Ukrainani qancha vaqt kerak bo‘lsa, qo‘llab-quvvatlashda davom etamiz”, deyilgan rasmiy xabarda. 

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Yevropa ittifoqining Rossiyaga qarshi sanksiyalarining 10-paketi muhokamasida Polsha rasmiylari sintetik kauchuk importiga cheklovlar qo‘yishga qarshi chiqqan edi.

Umida Muxtorbekova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing