YeI Rossiyaga qarshi sanksiyalarni uzaytirdi

Olam

image

Yevropa Ittifoqining (YeI)  27 davlati yetakchilari Bryusseldagi sammitda bir ovozdan Rossiyaga qarshi iqtisodiy sanksiyalarni olti oyga uzaytirish haqida qaror qabul qildi. Bu haqda bugun, 17 dekabr kuni Yevropa kengashi rahbari Sharl Mishel sammit yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

"Yevropa Ittifoqining 27 davlati yetakchilari bir ovozdan Rossiyaga qarshi iqtisodiy sanksiyalarni uzaytirish to‘g‘risida qaror qabul qilishdi. Biz Rossiyani Minsk kelishuvlarini bajarishga chaqiramiz", degan Sharl Mishel. U, shuningdek, Rossiya Ukrainaga qarshi tajovuz qilgan taqdirda keng ko‘lamli oqibatlarga duch kelishi haqida aytib o‘tgan.

Moskva Donbassdagi mojaro Ukrainaning ichki mojarosi ekanini, Rossiya YeXHT, Fransiya va Germaniya bilan birga Minsk kelishuvlari doirasida uni hal qilishda faqat vositachi ekanini bir necha bor ta’kidlagan.

Ma’lumot uchun, 2014 yil Yevropa Ittifoqi Ukrainadagi voqealar va Qrimning Rossiya tomonidan anneksiya qilinishi munosabati bilan Rossiya Federatsiyasiga nisbatan sanksiyalar joriy qilgan. Cheklov choralari bir necha bor kengaytirilgan. Vizasiz rejim va yangi asosiy hamkorlik kelishuvi bo‘yicha muzokaralar to‘xtatilgan. Bunga javoban Rossiya Yevropa Ittifoqi davlatlaridan bir qator oziq-ovqat mahsulotlarini import qilishni taqiqlagan.

Shahlo Orziyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

80

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made