YeI Rossiya zarbalari asoratini yo‘qotish uchun Ukrainaga 1 mlrd yevro beradi

Olam

image

Yevropa Ittifoqi Ukrainaga favqulodda yordam sifatida 1 milliard yevro va elektr ta’minotini zudlik bilan tiklash uchun 400 ta elektr generatorini taqdim etadi. Bu haqda bugun, 25 oktyabr kuni Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen Berlinda Ukrainani tiklashga bag‘ishlangan konferensiyada aytib o‘tdi. 

“Rossiya Ukrainaning fuqarolik, xususan, energetika infratuzilmasiga zarba bermoqda. Shuning uchun biz Ukraina bilan 1 milliard yevrolik favqulodda yordam ko‘rsatish orqali uning infratuzilmasini tiklash ustida ishlayapmiz. Shuningdek, biz 400 ta elektr generatorini ham taqdim etdik va bu hammasi emas” , deydi Yevrokommisiya rahbari.

Shu bilan birga, u Ukrainaga yo‘qotishlar sababli zudlik bilan kompensatsiya kerakligini aytgan. U Rossiya Ukrainani falaj qilishga urinayotganini, ammo Yevropa Ittifoqi bunga yo‘l qo‘ymasligi zarurligini qo‘shimcha qilib o‘tgan.

Ursula fon der Lyayen konferensiyada Yevropa Ittifoqi Kiyevga oyiga 1,5 milliard yevro ajratishni va’da qilgan. Bundan tashqari, u Ukrainani uzoq muddatli tiklash uchun mablag‘larni taqsimlash funksiyalarini Yevropa komissiyasiga o‘tkazishni taklif qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainani tiklash uchun  350 milliard yevrodan ortiq mablag‘ kerak bo‘ladi.

Avvalroq, Jahon banki favqulodda ehtiyojlarni qondirish uchun Ukrainaga qo‘shimcha 500 million dollar yordam ajratilishini e’lon qilgan edi. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

26

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing