YeI Rossiya sabab Eronga sanksiyalarni kengaytirdi
Olam
−
15 noyabr 2022
3142Yevropa Ittifoqi Erondan ikki jismoniy va ikki yuridik shaxsni Rossiyaga uchuvchisiz samolyotlar yetkazib berishda gumon qilinayotgani sababli qora ro‘yxatga kiritdi. Bu haqda kecha, 14 noyabr kuni tegishli me’yoriy hujjatlar e’lon qilingan "Yevropa Ittifoqining rasmiy jurnali"da aytiladi.
“Vaziyatning og‘irligini hisobga olib, [Yevropa Ittifoqi] Kengashi uchuvchisiz uchish apparatlarini ishlab chiqish va Rossiyaga yetkazib berish bilan shug‘ullanuvchi ikki jismoniy shaxs va ikki yuridik shaxsni cheklovchi choralar qo‘llaniladigan shaxslar ro‘yxatiga kiritish kerak, deb hisoblaydi”, deyiladi jurnalda.
Qora ro‘yxatga eronlik ikki nafar harbiy xizmatchi, shuningdek, Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi – Aerokosmik kuchlar va Qods Aviation Industries kiritilgan.
Avvalroq 20 oktyabr kuni Yevropa Ittifoqi Rossiyaga uchuvchisiz samolyotlar yetkazib berishda gumon qilib, Eronga qarshi sanksiyalar joriy qilgan edi. Keyin Eronning “Shahed” dronlarini ishlab chiqaruvchi – Shahed Aviation Industries va Eron Islom Respublikasining uch generali qora ro‘yxatga kiritilgan. “Yevropa Ittifoqining rasmiy jurnali” choralar Rossiyaga uchuvchisiz samolyotlar yetkazib berish bilan bog‘liqligini ma’lum qildi.
LiveBarchasi