YeI davlatlari Rossiyaga qarshi sanksiyalarning to‘qqizinchi paketi to‘g‘risida kelisholmadi – “Reuters”

Olam

image

Kecha, 14 dekabr kuni Yevropa Ittifoqi davlatlari Rossiyaga qarshi sanksiyalarning to‘qqizinchi paketi bo‘yicha yakdil kelishuvga erisha olmadi. Bu haqda “Reuters” agentligi xabar berdi.

Nashrning yozishicha, Polsha va boshqa ayrim davlatlarda to‘qqizinchi paket yuzasidan e’tirozlar mavjud. Bugun, 15 dekabr tunda Yevropa Ittifoqi davlatlariga loyihaning yangi tahriri taqdim etiladi.

Agentlikning ta’kidlashicha, YeI davlatlari orasida Rossiya o‘g‘itlarini Yevropa portlariga eksport qilish masalasida kelishmovchiliklar yuzaga kelgan.

Diplomatlarning aytishicha, ayrim davlatlar Rossiyaning o‘g‘itlariga nisbatan cheklovlar kiritish rivojlanayotgan mamlakatlarning oziq-ovqat sanoatiga tahdid soladi, deb hisoblaydi. Boshqalar esa cheklovlar joriy qilmaslik rossiyalik o‘g‘it ishlab chiqaruvchilarning sanksiyalardan qutulishiga olib kelishini aytgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

197

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing