YeI davlatlari Rossiya gaziga qarshi kelishuvga erishdi
Olam
−
25 noyabr 2022
8648Yevropa Ittifoqi davlatlari energetika vazirlari Rossiya gazini qo‘shma xaridlar bo‘yicha shartnomalardan chiqarib tashlashga kelishib oldi. Bu haqda Yevrokomissiyaning Bryusseldagi yig‘ilish yakunlari bo‘yicha bayonotiga tayanib, TASS xabar berdi.
"A’zo davlatlar Rossiya gazini qo‘shma xaridlardan chiqarib tashlaydi”, deyiladi Yevrokomissiya xabarida.
Hujjatdan ma’lum bo‘lishicha, yangi qoidalar Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar uchun dunyo bozorlarida gazni birgalikda sotib olish imkoniyatini yaratadi.
YeI mamlakatlari 2023 yilda gaz omborlarini to‘ldirish uchun zarur bo‘lgan barcha gazning 15 foizini yoki 13,5 milliard kub metrni ushbu mexanizm orqali sotib olishga kelishib olgan.
Avvalroq Yevropa Ittifoqi mamlakatlari elchilari Rossiya neftiga narx chegarasini joriy etish bo‘yicha umumiy to‘xtamga kela olmagani haqida xabar berilgandi.
LiveBarchasi