YeI Belarusga qarshi sanksiyalarni kengaytirmoqchi

Olam

image

Bugun, 26 oktyabrda Yevropa parlamentidagi eng yirik siyosiy partiya – Yevropa xalq partiyasi (YeXP) Belarusga qarshi sanksiyalarning ikkinchi to‘plamiga kiritilishi kerak bo‘lgan shaxslarning ro‘yxatini e’lon qildi. Bu haqda siyosiy uyushma bayonotida ma’lum qilindi.

Bayonotga ko‘ra, YeXP guruxi joriy yilning 9 avgustidan beri davom etayotgan qiynoqqa solish va namoyishchilarga nisbatan zo‘ravonlik sodir etishda qo‘li bor, shuningdek, prezidentlik saylovlarini soxtalashtirishga aloqador, deb hisoblangan 90 ga yaqin mansabdor shaxslarning nomi kiritilgan ro‘yxat e’lon qilgan. 

Shuningdek, ayni paytda Yevropa Ittifoqi Belarusga qarshi individual sanksiyalarning ikkinchi to‘plami ustida ishlamoqda. Unga Prezident Aleksandr Lukashenko ham kiritilishi kutilmoqda. Ro‘yhat Yevropa Ittifoqi mamlakatlarining doimiy vakillari darajasida tuziladi, bunday ishlarda Yevroparlament rasmiy ishtiroki talab qilinmaydi.

Avvalroq, 2 oktyabrda Yevropa Ittifoqi 40 ga yaqin Belarus amaldorlariga qarshi sanksiyalarning birinchi paketini joriy qilgan va Lukashenko ushbu ro‘yxatga kiritilmagan edi

Ma’lumot uchun, Belarus prezidentligiga sobiq nomzod, muxolifat yetakchisi Svetlana Tixanovskaya mamlakat rahbariyatiga “ultimatum” qo‘ygan edi. Tixanovskaya Lukashenkodan 13 kun ichida iste’foga chiqish, namoyishchilarga kuch ishlatishni to‘xtatish va siyosiy mahbuslarni ozod qilishni talab qilgandi. Hukumat bu talablarni bajarmagach, aholini ommaviy ish tashlashga chaqirdi.

Farrux Murodqulov 


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

49

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing