YeI ba’zi rus oligarxlarini “qora ro‘yxat”dan chiqarishi mumkin

Olam

image

Yevropa Ittifoqi Rossiyaning Ukrainadagi “maxsus operatsiyasi”ga yordam berish ehtimoli sabab sanksiya jori qilingan ayrim rossiyaliklarga nisbatan cheklovlarni bekor qilishni ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda “Bloomberg” o‘z manbalariga tayanib xabar berdi.

Cheklovlar bekor qilinishi rejalashtirilgan ruslarning ismlari va soni ma’lum emas. Shu bilan birga, G‘arb sanksiyalari ro‘yxatida bo‘lgan 30 ga yaqin rossiyaliklar sud orqali ulardan cheklovlar olib tashlanishini so‘rab murojaat qilgan. Bular qatorida rossiyalik milliarderlar Roman Abramovich, Andrey Melnichenko, Petr Aven va Mixail Fridman ham bor. Yana 10 nafar rossiyalik to‘g‘ridan-to‘g‘ri Yevropa Ittifoqi rasmiylariga sanksiyalarni bekor qilish so‘rovi bilan murojaat qildi, deya xabar bergan agentlik.

Takidlanishicha, joriy yilning 13 iyul kuni Yevropa Kengashining yuridik xizmati Yevropa Ittifoqi elchilarini ushbu murojaatlarning ba’zilari asosli ekanligi haqida xabardor qilgan. Arizachilar tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarni o‘rganib chiqqandan so‘ng, Yevropa Ittifoqi advokatlari ayrim hollarda cheklovlar qo‘yish uchun asoslar “yetarli bo‘lmagan, zaif yoki noto‘g‘ri”, deya hisoblaydi.

Manbalariga ko‘ra ularga nisbatan sanksiyalar bo‘yicha qaror qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi ortidan Yevropa Ittifoqi 1000 dan ortiq rossiyaliklarni sanksiyalar ro‘yxatiga kiritdi. Cheklovlar hukumat amaldorlari, harbiylar, davlat ommaviy axborot vositalari xodimlari, tadbirkorlar va ularning oila a’zolariga nisbatan joriy qilingan. YeI hududidagi sanksiyaga duchor bo‘lganlarning aktivlari muzlatib qo‘yildi, “qora ro‘yxat”ga tushganlar esa Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga kirishi taqiqlandi.

Abdulvohid Yoqubov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

140

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing