YeI AQSHga qarshi javob rejasi ustida ishlamoqda – OAV

Olam

image

Yevropa Ittifoqi davlatlari, jumladan Fransiya va Germaniya, agar AQSH Grenlandiyani egallashga harakat qilsa, qanday javob berish bo‘yicha muvofiqlashtirilgan choralar ustida ishlamoqda. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.  

Qayd etilishicha, Amerikaning Daniyaga qarashli Grenlandiyani harbiy yo‘l bilan egallashi NATO alyansi ichida jiddiy larzaga sabab bo‘lishi va Tramp bilan Yevropa yetakchilari o‘rtasidagi ziddiyatni yanada chuqurlashtirishi mumkin. 

Xabarga ko‘ra, Fransiya Tashqi ishlar vaziri Jan-Noel Barro ushbu masala kun davomida Germaniya va Polsha Tashqi ishlar vazirlari bilan bo‘ladigan uchrashuvda muhokama qilinishini aytib o‘tgan. 

“Biz harakat qilishni xohlaymiz, ammo buni yevropalik hamkorlarimiz bilan birgalikda amalga oshirmoqchimiz”, degan u “France Inter” radiosiga. 

Germaniya hukumati manbasining aytishicha, Berlin Grenlandiya bo‘yicha keyingi qadamlarni muhokama qilishda boshqa Yevropa davlatlari va Daniya bilan yaqin hamkorlik qilmoqda. 

Yevropadagi yuqori martabali rasmiylardan biri Daniya javob choralarini muvofiqlashtirishda yetakchi bo‘lishi kerakligini ta’kidlagan. Biroq uning so‘zlariga ko‘ra, daniyaliklar hozircha Yevropa ittifoqchilariga ulardan qanday yordam kutayotganini ma’lum qilmagan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH yetakchisi Donald Tramp Grenlandiyani egallash haqidagi xabarni e’lon qilganidan so‘ng Yevropaning yirik davlatlari hamda Kanada hudud rasmiylari va u yerga egalik qiluvchi Daniya davlatini qo‘llab-quvvatlab, orol Grenlandiya xalqiga tegishli ekanini ta’kidlagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Germaniya AQSh Frantsiya EI

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing