YeI 2035 yilgacha benzinli avtomobillardan voz kechmoqchi

Olam

image

Yevropa qonunchilari 2035 yilgacha YeI davlatlarida benzin va dizelda ishlovchi yengil avtomobillar va furgonlar sotilishini bosqichma-bosqich to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Yevroparlament va Yevropa kengashi vakillari joriy yilning 27 oktyabr kuni shunday kelishuvga erishgan. U 2030 yilgacha issiqxona gazlari chiqindilarini kamida 55 foizga kamaytirishga qaratilgan “Fit For 55” paketi doirasida qabul qilingan birinchi kelishuvdir.

Yangi qonunchilik 2030 yilga kelib  benzin va dizelda ishlaydigan avtomobillar zaharli gazlarini 2021 yilga nisbatan 55 foizga, yuk mashinalari (furgonlar) zaharli gazlarini esa 50 foizga kamayirishni maqsad qilgan. Asosiy maqsad esa – 2035 yilga kelib avtomobil zaharli gazlarini 100 foizga kamaytirish, ya’ni, benzin va dizelda ishlaydigan avtomobillarni sotishni taqiqlashdir.

Yevropa atrof-muhitni muhofaza qilish agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, Yevropa Ittifoqidagi barcha zararli gaz chiqindilarining 30 foizi va Ittifoqda ishlatiladigan neftning deyarli uchdan ikki qismi avtomobil transporti hissasiga to‘g‘ri keladi.

Lekin Yevroparlament va YeIga a’zo davlatlar bu kelishuvni hozircha rasman tasdiqlagani yo‘q.

Yevropa parlamenti bu kelishuv Birlashgan Millatlar Tashkilotining iqlim o‘zgarishi bo‘yicha yillik konferensiyasi (COP27) oldidan signal ekanligini ta’kidlamoqda.

Samandar Haqqiyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

73

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing