YeI ham O‘zbekiston kompaniyalarini “qora ro‘yxat”ga kiritmoqchi

Olam

image

Bugun, 14 may kuni Yevropa Ittifoqi Rossiyaga ko‘maklashgani uchun O‘zbekiston kompaniyalariga ham tegishli bo‘lgan 17-yangi sanksiyalar paketi bo‘yicha kelishib oldi.  Bu haqda “Financial Times” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, ushbu chora-tadbirlar Ukrainadagi harbiy harakatlar sabab joriy qilinmoqda. Sanksiyalarning rasmiy varianti joriy yilning 20 may kuni, Yevroittifoq Tashqi ishlar kengashida qabul qilinishi kutilmoqda.

Yangi sanksiyalar Rossiyaning “soya floti” deb ataluvchi 149 ta neft tankeriga, shuningdek, Rossiyani sanksiyalarni chetlab o‘tishda qo‘llab-quvvatlaganlikda gumon qilinayotgan uchinchi davlatlar kompaniyalariga qarshi qaratilgan. Ular orasida BAA, Turkiya, Serbiya, Vetnam va O‘zbekiston kompaniyalari ham bor. Ammo sanksiyalarga kiritilgan kompaniyalar nomi oshkor etilmagan.

“Bloomberg”ning yozishicha, YeI Rossiyaning energetika sektoriga qarshi choralarda LUKOYLning Dubaydagi savdo bo‘limi — Litasco Middle East DMCC kompaniyasini “qora ro‘yxat”ga kiritishni ko‘rib chiqqan. Biroq bunga Vengriya qarshi chiqqani sababli bu taklif kiritilmagan.

“Handelsblatt” nashrining xabar berishicha, sanksiyalar paketiga jiddiy va bahsli takliflar qo‘shilmagan — chunki Vengriya yoki Slovakiya tomonidan rad etilishi mumkin edi. Ma’lumki, YeI sanksiyalarini joriy qilish uchun barcha 27 a’zo davlatning yakdil roziligi zarur.

Yevroittifoq diplomatiyasi rahbari Kaya Kallasning aytishicha, bu paket qabul qilingach, navbatdagi sanksiyalar raundi ustida ish boshlanadi. Fransiya Tashqi ishlar vaziri Jan-Noel Barro esa YeI va AQSH Rossiyaga qarshi choralarni muvofiqlashtirib borishni istayotganini bildirgan.

Rossiya rasmiylari esa bu sanksiyalarni noqonuniy deb hisoblamoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy O‘zbekiston, Eron va Xitoy kompaniyalariga qarshi sanksiyalar kiritgan edi.

O‘zbekistondagi quyidagi korxonalar “qora ro‘yxat”ga tushgan:

1. “Farg‘ona kimyo zavodi” MCHJ (Farg‘ona)
2. “Raw materials cellulose” MCHJ (Jizzax)
3. “Mercury Renaissance” MCHJ QK (Toshkent)


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Evropa Ittifoqi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing