Yodgoroy g‘alabali yurishda davom etmoqda
Sport
−
08 Oktabr 2019
3840Shu kunlarda Rossiyaning Ulan-Ude shahrida boks bo‘yicha ayollar o‘rtasida jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda.
57 kilogramm vazn toifasida o‘zbekistonlik bokschi Yodgoroy Mirzayeva bugun, 8 oktyabr kuni musobaqadagi ikkinchi jangini kanadalik Karolina Veyriga qarshi o‘tkazdi va 4:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Ma’lumot uchun, Yodgoroy Mirzayeva 1996 yilda Kattaqo‘rg‘onda tug‘ilgan. U uch marotaba Osiyo chempionatida bronza medaliga sazovor bo‘lgan. O‘zbek boks tarixidagi birinchi olimpiada o‘yinlarida ishtirok etgan ayol. Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi.
LiveBarchasi