2023 yilda YCHLni yutgan klub qancha mukofot olishi ma’lum bo‘ldi

Sport

image

UEFA 2022-2023 yilgi mavsum uchun yevrokubok musobaqalarining mukofot jamg‘armasini e’lon qildi. Bu haqda tashkilot saytida xabar berildi.

Manbaga ko‘ra, umumiy pul miqdori 3,5 milliard yevroni tashkil etadi, shundan 465 million yevroni Yevropa ligasi ishtirokchilari va 235 million evroni Konferensiyalar ligasida o‘ynaydigan klublar oladi.

An’anaga muvofiq, mukofot jamg‘armasining eng katta qismi Yevropa Chempionlar ligasida ishtirok etuvchi klublarga nasib qiladi. YCHL jamoalari uchun 2,032 milliard yevro ajratilgan. 

Sovrin jamg‘armasi quyidagicha taqsimlanadi, Chempionlar ligasiga chiqish uchun o‘tkaziladigan saralashning asosiy turiga chiqishga bir qadam qolganda to‘xtab qolgan va saralashning pley-off bosqichidan chiqqan klublar 5 million yevro oladi. Turnirning guruh bosqichiga yo‘l olgan klublarga esa 15,64 million yevro tegadi.

Shuningdek, guruhdagi har bir g‘alaba uchun klublar 2,8 million yevro, durang uchun 930 ming yevro ishlab oladi. Chempionlar ligasining chorak finaliga chiqqan ishtirokchi o‘z hisobini 9,6 million yevroga boyitib oladi. Chorak final qatnashchilari 10,6 million yevroga ega chiqadi. Yarim finalgacha yetib kelgan jamoalar 12,5 million yevro va finalchilarning har biri 15,5 million yevrodan oladi. G‘olibga qo‘shimcha yana 4 million yevro beriladi.

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

YeCHL

Baholaganlar

551

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing