YeCHLning chorak va yarim final bahslariga qur’a tashlandi
Sport
−
18 mart 2022 8867 1 daqiqa
Bugun, 18 mart kuni Shveysariyaning None shahridagi UEFA qarorgohida Yevropa Chempionlar ligasining chorak va yarim final bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Chempionlar ligasi chorak final juftliklari bilan tanishing:
• “ Chelsi” (Angliya) – “Real Madrid”( Ispaniya);
• “Manchester Siti” (Angliya) – “Atletiko” (Ispaniya);
• “Vilyarreal” (Ispaniya) – “Bavariya” (Germaniya);
• “Benfika” (Portugaliya) – “Liverpul” (Angliya).
Yarim finalda esa quydagi juftliklarda g‘alaba qozongan jamoalar bir-biri bilan to‘qnash keladi.
• “Manchester Siti”/“Atletiko” – “Chelsi”/“Real Madrid”;
• “Benfika”/“Liverpul” – “Vilyarreal”/“Bavariya”.
Ma’lumot o‘rnida, chorak finalning dastlabki o‘yinlari joriy yilning 5-6 aprel kunlari, javob uchrashuvlari esa 12-13 aprelda bo‘lib o‘tadi. Yarim final bahslari 26-27 aprel va 3-4 may kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan
Ma’ruf Abdumalikov
Live
Barchasi