YeCHLda murabbiylar sinovi: bugun “Barsa” va “Yunayted” taqdiri hal bo‘ladi

Sport

image

Bugun, 23 noyabrdan 24 noyabrga o‘tar kechasi UEFA Chempionlar ligasi guruh bosqichining 5-turidan o‘rin olgan 8 ta uchrashuv o‘tkaziladi. 

“Chelsi” o‘z maydonida “Yuventus”ni, “Dinamo Kiyev” chempionat favoritlaridan biri “Bavariya”ni qabul qiladi, bosh murabbiy Sulsherni iste’foga chiqargan “Manchester Yunayted” safarda “Vilyarreal” bilan, Xavi boshchiligidagi “Barselona” esa “Benfika” bilan bahs olib boradi.

Shuningdek, “Yang Boyz” (Shveysariya) – “Atalanta” (Italiya), “Sevilya” (Ispaniya) – “Volfsburg” (Germaniya), “Lill” (Fransiya) – “Red Bull” (Avstriya), “Malmyo” (Shvetsiya) – “Zenit” (Rossiya) uchrashuvlari belgilangan.

“Ye” guruhida “Bavariya” allaqachon 1/8 finalga yo‘l olgan. Agar jamoa “Dinamo”ga mag‘lub bo‘lmasa, yoki “Barselona” “Benfika”ni yengga olmasa, pley-offga birinchi o‘rinda yo‘l oladi. Xavi murabbiyligi ostidagi “ko‘k-anorranglilar” birinchi davradagi yirik mag‘lubiyat (0:3) uchun revansh olib, g‘alabaga erishsa, keyingi bosqich masalasini hal qiladi. “Benfika” va “Dinamo Kiyev” esa Yevropa ligasi uchun kurash olib boradi.

“F” guruhi peshqadami “Manchester Yunayted” agar birinchi davrada bo‘lgani kabi “Vilyarreal”ni mag‘lub etsa, yoki kvartetdagi har ikki bahs durang natija bilan yakunlansa, “Qizil iblislar” pley-offni kafolatlaydi. “Vilyarreal” va “Atalanta” so‘nggi turdagi o‘zaro o‘yin oldidan ochko yo‘qotsa, hatto “Yang Boyz”da ham 1/8 final uchun imkoniyat paydo bo‘ladi.

“G” guruhida “Zalsburg” o‘z maydonida “Lill”ni mag‘lub eta olsa, imkoniyatlar saqlanib qoladi, aks holda Fransiya klubi 1-o‘ringa ko‘tarilib oladi. Autsayder bo‘lib turgan “Sevilya” agar “Volfsburg”ga mag‘lub bo‘lsa, Yevropa ligasi uchun ham imkoniyatlar pasayib ketadi. 

“N” guruhida “Yuventus” allaqachon 1/8 finalga yo‘l olgan. Agar “zebralar” “Chelsi” bilan eng kamida durang o‘ynasa, birinchi o‘rinni tasdiqlaydi. “Aristokratlar” mag‘lubiyatga uchramasa, pley-off chiptasini kafolatlaydi. Aks holda barcha masala so‘nggi turga qolib ketadi. “Zenit” – “Malmyo” juftligida esa faqatgina Rossiya jamoasida YeCHLda kurashni davom ettirish imkoniyati mavjud. 

Ma’lumot uchun, turnirning o‘tgan mavsumdagi chempioni Londonning “Chelsi” klubi hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Chelsi Barselona Manchester Yunayted Yuventus EChL Bavariya UEFA

Baholaganlar

133

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing