YeCHLda hafta o‘yinchisi aniqlandi
Sport
−
10 may 2019 5364 1 daqiqa
Joriy haftada YeCHLning yarim final javob bahslari o‘tkazilib, finalda o‘ynaydigan jamoa nomlari ma’lum bo‘ldi.
UEFA rasmiy sayti ushbu bahslarda o‘zini ko‘rsatgan futbolchilar orasida hafta futbolchisini aniqlash uchun so‘rovnoma o‘tkazdi. Sovrin uchun quyidagi o‘yinchilar nomzod sifatida ko‘rsatilgan edi:
Lukas Moura (“Tottenxem”)
Mussa Sissoko (“Tottenxem”)
Trent-Aleksander Arnold (“Liverpul”)
Jorjino Viynaldum (“Liverpul”)
“Ayaks”ga qarshi bahsning (3:2) so‘nggi soniyalarida gol urib, jamoasini finalga olib chiqqan Moura hafta futbolchisi deb topildi.

Live
Barchasi