YeCHL tarixidagi eng yaxshi darvozabon e’lon qilindi
Sport
−
10 mart 3862 1 daqiqa
Germaniyaning “Bavariya” klubi darvozaboni Manuel Noyer Yevropa Chempionlar ligasi tarixidagi eng yaxshi darvozabon hisoblanadi. Bu haqda “GiveMeSport” portali xabar berdi.
Noyer faoliyati davomida Myunxen jamoasi bilan ikki marotaba Yevropa Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan. Reytingda 2-o‘rinni “Real Madrid”ning afsonaviy darvozaboni, musobaqaning to‘rt karra g‘olibi Iker Kasilyas egalladi. Bu borada 3-o‘rinni “Manchester Yunayted”ning sobiq darvozaboni Edvin van der Sar band etdi.
“Chelsi”da to‘p surgan Petr Chex to‘rtinchi, “Yuventus” a’zosi italiyalik Janluiji Buffon esa beshinchi o‘rinni egalladi. “Barselona” futbolchisi Viktor Valdes 6-o‘rinni egalladi.
Keyingi o‘rinlarda Keylor Navas, Oliver Kan, Nelson Dida, Tibo Kurtua va Alisson Bekker qayd etildi.
Live
Barchasi