YeCHL. PSJ - “Borussiya D” o‘yini muxlislarsiz o‘tsa, parijliklar 10 million yevro yo‘qotadi

Sport

image

Yevropa chempionlar ligasi 1/8 final bosqichi doirasida Parijning PSJ klubi o‘z uyida Dortmundning "Borussiya" jamoasini qabul qiladi. Xabaringiz bor, koronavirus epidemiyasi dunyo bo‘ylab keng tarqalganligi bois, sport o‘yinlari noma’lum muddatga qoldirilmoqda. 

Futbol uchrashuvlari muxlislarsiz o‘tkazilmoqda. PSJ va "Borussiya D" o‘rtasidagi o‘yin ham koronavirus sababli muxlislarsiz o‘tkaziladigan bo‘ldi. Ushbu uchrashuv muxlislarsiz o‘tkazilsa, parijliklar biletlar savdosidan keladigan, kamida 10 million yevro sof foydani yo‘qotadi. 

PSJ - "Borussiya D" jamoalari o‘rtasidagi bahs joriy yilning 11 martdan 12 martga o‘tar kechasi Toshkent vaqti bilan 01:00da boshlanadi. 

Ma’lumot o‘rnida, "Borussiya D" - PSJ jamoalari o‘rtasidagi dastlabki uchrashuvda germaniyaliklar 2:1 hisobida g‘alaba qozonishgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

EChL PSJ Koronavirus Borussiya D

Baholaganlar

37

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing