YeCHL 1/4 finalining barcha ishtirokchilari aniq bo‘ldi

Sport

image

14 martga o‘tar kechasi futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar ligasi (YeCHL) 1/8 finalining oxirgi javob uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.

Madridda Milanning “Inter” klubini qabul qilgan “Atletiko” 2:1 hisobida zafar quchdi, biroq ikki o‘yin natijasiga ko‘ra durang qayd etildi. Penaltilar seriyasida madridliklarning qo‘li baland keldi.

Germaniyaning “Borussiya” klubi o‘z uyida Niderlandiyaning PSV jamoasi bilan bahs olib borib, 2:0, ikki o‘yin natijasiga ko‘ra esa 3:1 hisobida g‘alaba qozonib, 1/4 finalga yo‘l oldi.

1/4 finalning barcha ishtirokchilari:

“Real”;

“Manchester Siti”;

“Barselona”;

“Atletiko”;

“Arsenal”;

PSJ;

“Bavariya”;

“Borussiya”.

Turnirning chorak final bahslariga ertaga, 15 mart kuni qur’a tashlanadi. Qur’a tashlash marosimi Shveysariyada Toshkent vaqti bilan soat 16:00 da boshlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Real Evropa Chempionlar ligasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing