YeCHL: Hafta o‘yinlari davom etadi
Sport
−
17 aprel 2019 4404 1 daqiqa
Bugun, 17 aprel kuni Yevropa Chempionlar ligasi chorak finalining oxirgi ikki o‘yini o‘tkaziladi.
Markaziy bahs “Manchester Siti” va “Tottenxem” o‘rtasida bo‘lib o‘tsa, ikkinchi o‘yinda “Liverpul” safarda “Portu” bilan kuch sinashadi.

Har ikkala o‘yinning birinchi bahsida mezbonlar g‘olib bo‘lishgan. “Tottenxem” Son Xyon Minning yagona goli evaziga “shaharliklardan” ustun kelgan edi. Portugaliya jamoasi esa “Liverpul”dan 0:2 hisobidagi mag‘lubiyat bilan uyiga qaytishgan.

Ma’lumot uchun, bugungi bahslar Toshkent vaqti bilan 00:00da boshlanadi.
Live
Barchasi