Yashnoboddagi yong‘inda bir kishi yonib ketdi
Jamiyat
−
12 avgust 2019 6729 1 daqiqa
Joriy yilning 10 avgust kuni Toshkent shahrining Yashnobod tumanida sodir bo‘lgan yong‘in natijasida bir kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar Yong‘in xavfsizlik boshqarmasi ma’lumot berdi.
Yong‘in soat 19:34da, Yashnobod tumani, M.Riyoziy mavzesi 18-uy 60-xonadonda yuz bergan. Yong‘inda 20 kv m maydonida uy jixozlari yongan, xonadonning 30 kv m maydoni saqlab qolingan.
Yong‘in o‘chirish jangovar bo‘linmalari chaqirilgan manzilga soat 19:42 da yetib borgan va ko‘rilgan tezkor chora va harakatlar natijasida yong‘in soat 20:01 da o‘chirilgan. Yong‘in joyiga 3 ta yong‘in o‘chirish texnikasi jalb qilingan. Yong‘in natijasida 1 nafar fuqaro xalok bo‘lgan.
Yong‘in mast holda sigareta chekishda ehtiyotsizlik oqibatida sodir bo‘lgan, deb taxmin qilinmoqda. Yong‘indan keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025