Toshkentdagi do‘konni yoqib yuborgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi ochildi

Jamiyat

image

Avvalroq, Toshkent shahar Yashnobod tumani Tuzel-2 dahasidagi atir do‘konlaridan biri va unga tutash bo‘lgan ikkita MCHJ yonib ketgani haqida xabar bergan ekan. Shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Matbuot xizmatiga ko‘ra, mazkur do‘kkonni yoqib yuborgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Qayd etilishicha, yong‘in 1981 yilda tug‘ilgan N.J. tomonidan sodir etilgan.

“Mazkur holat yuzasidan Yashnobod tumani IIO FMB Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 173-moddasi (“Mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov davom etmoqda”, deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, 18 avgust kuni soat 01:57 da Toshkent shahar Yashnobod tumani “Vatandosh” MFY Tuzel-2 dahasida joylashgan ko‘p qavatli uyning 1-qavatida atir-upa do‘konining 35 kv.m va unga tutash bo‘lgan 2 ta MCHJning 15 kv.m maydonda ofis uchun mo‘ljallangan xona jihozlari yonib zararlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

170

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing