“Yashasin Ukraina!”. Erdo‘g‘an Zelenskiy bilan uchrashish uchun Kiyevga bordi
Olam
−
03 fevral 2022
11350Bugun, 3 fevral kuni Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashish uchun Kiyevga bordi. Prezidentlarning bugungi kundagi asosiy maqsadi to‘rtta ikki tomonlama shartnomani imzolashdir. Bu haqda Ukraina mahalliy nashrlari xabar bermoqda.
“Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Ukrainaga yetib keldi va hozirda Borispol aeroportidan Mariinskiy saroyiga yo‘l oldi. U yerda uni Vladimir Zelenskiy kutib oladi. Erdo‘g‘anga rafiqasi Emine hamrohlik qilmoqda. Juftlik Borispolda non, xalq liboslari va faxriy qorovul bilan kutib olindi”, deyiladi xabarda.
Ukraina Prezidenti Turkiya yetakchisini Marinskiy saroyida qabul qildi.
Turkiya delegatsiyasi Mariinskiy saroyiga yetib kelganida, unga 30 ga yaqin mashina hamrohlik qilgan. Prezidentlarning bugungi kundagi asosiy maqsadi erkin savdo zonasi bilan to‘rtta ikki tomonlama shartnoma imzolashdan iborat:
1. Erkin savdo shartnomasi;
2. Yuqori texnologiyalar, aviatsiya va kosmik sanoat sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi doiraviy bitim;
3. Yoshlar siyosati sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitim;
4. Huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlik to‘g‘risidagi bitimga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi Bayonnoma loyihasi.
Tomonlar Qora dengizdagi ikki davlat harbiy-dengiz kuchlari o‘rtasidagi hamkorlik imkoniyatlarini ham muhokama qiladi. Hozir Kiyev markazida Grushevskiy ko‘chasi bo‘ylab harakat to‘sib qo‘yilgan, u yerda Turkiya Prezidentining korteji kutib turibdi.
Qayd etilishicha, Prezidentlar uchrashuvi bo‘lib o‘tadigan Mariinskiy saroyi atrofida xavfsizlik choralari kuchaytirilgan. Erdo‘g‘anni saroy yonida faxriy qorovul kutib olgan. U faxriy qorovul qarshisida turib, “Slava Ukraine!” (“Yashasin Ukraina!”) deya hayqirdi. Uchrashuv taxminan 1,5 soat davom etishi kutilmoqda.
LiveBarchasi