Yarimo‘tkazgichlarga bo‘lgan talab faqat oshadi. Bunda qanday qilib pul ishlash mumkin?
Biznes
−
17 noyabr 2021
12705Avtomobilsozlik sanoati yarimo‘tkazgich komponentlari yetishmasligi sababli ishlab chiqarishni to‘xtatishga majbur. Maishiy texnika va elektronika ishlab chiqaruvchilari ham ushbu komponentlar uchun navbat kutmoqda
Dunyodagi eng yirik yarimo‘tkazgich ishlab chiqaruvchisi kim? Qanchalik g‘alati tuyulmasin, bu bozorning yetakchisi – Tayvanning unchalim mashhur bo‘lmagan Taiwan Semiconductor Manufacturing Company (TSMC) kompaniyasi.
Nima uchun TSMC yarimo‘tkazgich bozorida yetakchi hisoblanadi?
Yarimo‘tkazgichlar dunyosida ishlashga ta’sir qiluvchi muhim xususiyat – bu bitta kristaldagi tranzistorlar soni. Har bir tranzistorning jismoniy o‘lchami qanchalik kichik bo‘lsa, ular protsessorni yaratish uchun ishlatiladigan matritsaga shunchalik mos keladi. Bu quvvat sarfini kamaytirishga va samaradorlikni oshirishga olib keladi.
3 nanometrli (nm) eng ilg‘or texnologik jarayon dunyoda faqat 2 ta kompaniya – Taiwan Semiconductor Manufacturing Company (TSMC) va Samsung tomonidan o‘zlashtirilgan. TSMC 2022 yil o‘rtalarida 3 nm chiplarni ishlab chiqarishni boshlashni rejalashtirmoqda.
Samsung yarimo‘tkazgichlar bozorida arzimas ulushga ega, Tayvan yarimo‘tkazgichlar ishlab chiqarish kompaniyasi ushbu sohada haqiqiy yetakchi hisoblanadi. Hozirgi vaqtda u 5 dan 130 nm gacha bo‘lgan texnologiya bilan mahsulotlar ishlab chiqaradi. 10 dan 5 nm gacha bo‘lgan diapazonda TSMC bozorning 90 foizini egallaydi, qolgan 10 foizi esa Samsung’ga tegishli.
Boshqacha qilib aytganda, barcha yirik texnologik kompaniyalar TSMC mahsulotlariga bog‘liq. Aslida, korporatsiyalar ushbu kompaniyani o‘zlarining ishlab chiqarish bo‘limlaridan biri sifatida ishlatishadi. Muhandislar tomonidan yaratilgan yangi chipni ishlab chiqarishga pul sarflamaslik uchun ular buyurtmani eng ilg‘or texnologiyalardan foydalangan holda ishlab chiqaradigan TSMC’ga topshiradilar.
Yarimo‘tkazgichlarga global talabni qondirish uchun TSMC yangi zavodlar qurmoqda va ishlab chiqarish quvvatini oshirish uchun 100 milliard dollar ajratishni rejalashtirmoqda. Sanoatdagi hech bir kompaniya bu sarmoyani qoplay olmaydi. Bu shuni ko‘rsatadiki, TSMC va uning raqobatchilari o‘rtasidagi tafovut yanada kengayadi va yetakchining daromadi rekord o‘rnatishda davom etadi. 2019 yildan boshlab kompaniyaning har chorakdagi daromadi o‘tgan yillardagi ko‘rsatkichlarni doimiy ravishda yangilab kelgan.
Hozir biz avtomobil ishlab chiqaruvchilarning elektr transport vositalariga faol o‘tayotganini ko‘ryapmiz, bu esa yarimo‘tkazgichlarga bo‘lgan talabni oshirmoqda. Davlatlar qayta tiklanadigan energiya manbalarini rivojlantirish yo‘lidan bormoqda, bu yerda yarimo‘tkazgich mahsulotlari ham ajralmas hisoblanadi. Hatto maishiy texnika ham yildan-yilga aqlli bo‘lib bormoqda va biz raqamli dunyoga o‘tmoqdamiz, bu TSMC mahsulotlarisiz amalga oshirilmaydi. Shu sababli, Taiwan Semiconductor Manufacturing Company aksiyalari yangi texnologiyalarga qiziqqan investorlar portfelida bo‘lishi kerak.
Qanday qilib kompaniya aksiyalariga investitsiya qilish mumkin?
Internetning paydo bo‘lishi bilan bizning imkoniyatlarimiz doirasi sezilarli darajada kengaydi. Zamonaviy dunyoda, birjada aksiyador bo‘lish uchun siz ko‘p murakkab harakatlarni amalga oshirishingiz shart emas – global tarmoqqa ulanish va brokerda savdo hisobini ochish kifoya, bu esa barcha zarur bozorlar va investitsiya vositalariga kirish imkonini ochadi. Ushbu brokerlardan biri RoboForex.
RoboForex kompaniyasi 2009 yildan beri faoliyat yuritib kelmoqda va IFSC tomonidan 000138/210 litsenziyasi ostida tartibga solinadi. RoboForex – mashhur MetaTrader 4 va MetaTrader 5 platformalaridan foydalangan holda 12 000 dan ortiq investitsiya vositalari bilan savdo qilish uchun 8 ta aktivlar guruhini, shuningdek, kompaniyaning R StocksTrader multibozor platformasini taklif qiluvchi xalqaro broker. Keling, ikkinchisiga to‘xtalib, uning xususiyatlarini batafsil ko‘rib chiqaylik.
R StocksTrader ilg‘or texnologiyalar va klassik dizaynni birlashtiradi. Platforma bilan ishlash uchun hech qanday dasturiy ta’minotni o‘rnatish shart emas – endi siz istalgan brauzerda veb-terminal orqali dunyoning barcha yirik moliyaviy bozorlariga kirishingiz mumkin. Terminalda 12 000 dan ortiq savdo vositalari, jumladan, Amerika, Britaniya, Braziliya, Germaniya va butun dunyodagi boshqa kompaniyalarning aksiyalari mavjud. Uni noyob qiladigan platformaning xususiyatlaridan biri bu "kodsiz" tamoyili asosida ishlaydigan bepul avtomatik Strategy Builder dasturining mavjudligidir. Bu shuni anglatadiki, har qanday foydalanuvchi, dasturlash qobiliyatiga ega yoki yo‘qligidan qat’i nazar, serverlar ijaraga olmasdan, "bulutda" ishlaydigan o‘zining algoritmik strategiyasini osongina tuzishi mumkin.
R StocksTrader platformasida Taiwan Semiconductor Manufacturing Company aksiyalariga sarmoya kiritish uchun siz savdo hisobini ochishingiz, tekshirishdan o‘tishingiz va kompaniya aksiyalarini sotib olish uchun yetarli miqdorda depozit qo‘yishingiz kerak.
Agar biron sababga ko‘ra siz TSMC’ga qiziqmasangiz, muqobil ravishda yarimo‘tkazgich segmentidagi boshqa kompaniyalarga sarmoya kiritish haqida o‘ylashingiz mumkin. Masalan: Applied Materials (NASDAQ: AMAT), Intel (NASDAQ: INTC), Micron Technology (NASDAQ: MU), NVIDIA (NASDAQ: NVDA), NXP Semiconductors (NASDAQ: NXPI), ON Semiconductor (NASDAQ: ON), Qualcomm (NASDAQ: QCOM). Ularning barchasini R StocksTrader platformasida ham sotib olish mumkin.
Xulosa
Hozirgi kunda yarimo‘tkazgichlar deyarli har qanday zamonaviy elektronikani ishlab chiqarish jarayonida juda muhim rol o‘ynaydi - maishiy texnikadan tortib avtomobilgacha. Shuningdek, yarimo‘tkazgichlarni ishlab chiqarish innovatsiyalarni rivojlantirish uchun katta ahamiyatga ega bo‘lib, ular yordamida yangi texnologiyalar (masalan, 5G tarmoqlari) infratuzilmasini quradi. Yarimo‘tkazgich ishlab chiqaruvchilari, o‘z navbatida, bozorda juda mashhur bo‘lib bormoqda, chunki ular kafolatlangan yuqori darajadagi daromadni ishonchli kelajak bilan birlashtiradi. Tayvan yarimo‘tkazgich ishlab chiqarish kompaniyasi ushbu bozor segmentidagi yetakchilardan biri bo‘lib, investitsiya kiritish uchun eng jozibador nomzoddir.
Reklama huquqi asosida
LiveBarchasi