Yaponiyaning yangi Bosh vaziri Putin bilan muzokara o‘tkazmoqchi
Olam
−
26 Sentabr 2020
6666Yaponiyaning yangi Bosh vaziri Yoshihide Suga shu kunlarda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muzokara o‘tkazishni rejalashtirmoqda.
Taxminlarga ko‘ra, suhbat 29 sentyabr kuni o‘tkaziladi. Hozirda kelishuv ishlari olib borilmoqda.
Avvalroq, Yaponiya Bosh vaziri bir qator xorijiy davlatlar rahbarlari bilan telefon orqali muzokara o‘tkazgan. Xususan, Suga AQSH Prezidenti Donald Tramp, Germaniya kansleri Angela Merkel, Janubiy Koreya Prezidenti Mun Chje In va Xitoy rahbari Si Szinpin bilan suhbatlashgan.
Eslatib o‘tamiz, Yaponiya parlamenti Sugani 16 sentyabr kuni yangi Bosh vazir etib tasdiqladi. Suga iste’fodagi Bosh vazir Sindzo Abe hukumatida Vazirlar Mahkamasining Bosh kotibi lavozimini egallab kelgan.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yoshihide Sugaga mamlakat Bosh vaziri etib saylangani munosabati bilan tabrik yo‘llagandi.
LiveBarchasi