Yaponiyaning sobiq Bosh vaziri otib ketildi 

Olam

image

Yaponiyaning sobiq Bosh vaziri Sindzo Abe Nara shahrida nutq so‘zlayotgan vaqtida otib ketildi. Bu haqda “Kyodo” agentligi xabar bergan. 

Qayd etilishicha, Sindzo Abe bugun, 8 iyul kuni saylovoldi nutqini so‘zlayotgan vaqtida orqa tomondan otib ketilgan. U ko‘krak qafasidan yaralangan. 

Shundan so‘ng u shifoxonaga olib borilgan. Biroq unda hayot alomatlari yo‘q. 

Politsiya voqea joyida bo‘lgan taxminan 40 yoshli erkakni qotillikka uringanlikda ayblab hibsga olgan va uni so‘roq qilmoqda. 

Hodisaga guvoh bo‘lgan NHK muxbirining aytishicha, Abe ko‘p qon yo‘qotgan. Muxbir ikki marta o‘q ovozini eshitgan.






 

Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

641

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing