Yaponiyaliklar “Ginness rekordlar kitobi”ga kirishdan charchamayapti

Olam

image

Yaponiyalik 112 yoshli Titetsu Vatanabe jahondagi eng keksa kishi sifatida “Genniss rekordlar kitobi”ga kirdi. Bu haqida “Kiodo” agentligi xabar bermoqda.

Nashr bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Niigata shahrida joylashgan qariyalar uyida yashaydi. U Ginness sertifikatini aynan o‘sha yerda qabul qilib olgan.

Vatanabe 1907 yilning 5 mart kuni dehqon oilasida tug‘ilgan. 20 yoshida Tayvanga kelgan va bu yerda 18 yil yashagan. So‘ngra esa Yaponiyaga qaytgan. Ungacha jahondagi eng keksa odam 2019 yilning 20 yanvarida, 113 yoshida olamdan o‘tgan Masadzo Nonaka hisoblanardi.

Avvalroq, Tojikistonda Yer yuzidagi eng keksa ayol — Fotima Mirzoqulova 127 yoshida vafot etgani haqida xabar bergan edik. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

156

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing