Yaponiyalik olimlar “Transformerlar”ning kastyumini yaratdi (video)

Texnologiya

image

Yaponiyaning Skeletonics – ekzoskelet ishlab chiqaruvchi kompaniyasi ilmiy-fantastik filmlarda tasvirlanadigan jangovor robotlarning kostyumini yaratdi. Bu haqda “The Byte” nashri xabar berdi.

Kostyumning og‘irligi 30 kg ni tashkil qiladi. U boshqaruvchining kinetik energiyasidan kuch oladi va harakatga keladi.

Kostyumning sinovdan o‘tkazilgan videolari ijtimoiy tarmoqlarga joylangan. Videoda kostyum kiygan erkakning ikkita massiv mexanik qo‘llar bilan bir nechta zarbalar bergani va uning qanchalik chaqqonligi ko‘rsatilgan.

“Skeletonics texnologiyasi kostyumning mexanik va elektr qismlarini uni kiygan odam tanasi bilan bog‘lab, oson, uyg‘un harakatlanish imkoniyatini taqdim etadi. Bu tizim inson harakatlarini robot ekzoskeleti bilan sinxronlashtirish uchun elektr tizimidan emas, balki bog‘lanish mexanizmidan foydalanadi”, deyiladi kompaniya saytida.

Eslatib o‘lamiz, Xitoyning Urtopia kompaniyasi suhbatlashish qobiliyatiga ega bo‘lgan elektr velosipedni taqdim etdi.

Sevara Husniddinova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Transformerlar kastyumi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar