Yaponiyalik mashhur yozuvchi Murakami vafot etdi

Madaniyat-san’at

−

image

Bugun, 23 oktyabr kuni “Deyarli shaffof moviy rang” kitobi muallifi, yaponiyalik yozuvchi Ryu Murakami 74 yoshida vafot etdi. U yozuvchi Xaruki Murakamining familiyadoshi hisoblanadi. Bu haqda “Japan News” xabar berdi. 

“Britannika” ensiklopediyasi ma’lumotlariga ko‘ra, yozuvchining haqiqiy ismi – Ryunoske Murakami. U 1952 yilda tug‘ilgan. U ijodida tez-tez syurrealizm elementlari bo‘y ko‘rsatadigan taniqli yaponiyalik yozuvchi hisoblanadi.

Murakamiga keng shuhratni 1976 yilda chop etilgan uning “Deyarli shaffof moviy rang” romani olib kelgan. Asar zamiriga muallifning Amerika harbiy-deniz bazasi yaqinida – yot vasvasalarga to‘la joyda o‘tgan jo‘shqin yoshlik xotiralari asos qilib olingan.

“Uning nasrida tez-tez Amerika pop-madaniyati va gegemonligi elementlari uchraydi, ular Yaponiyaning “bo‘shliq avlodi”ga xos bo‘lgan emotsional huvillash yoki nigilizm ko‘rsatkichlari bo‘lib xizmat qiladi”, deyiladi yozuvchi haqidagi ma’lumotda.

Ensiklopediyada qayd etilishicha, uning ba’zi ilk romanlari odamlar tez-tez adashtirib yuboradigan Xaruki Murakamining “Kalamush trilogiyasi”ni biroz eslatadi. Vaholanki, uning keyingi “Saqlash kamerasi bolalari” romanida muallif Tokioning mashhur shahar afsonasi: vokzalda ota-onasi tomonidan tashlab ketilgan ikki yetimning taqdiri haqida so‘zlab berish uchun o‘sha davrda ommalashgan kiberpank janriga murojaat qiladi.

Murakamining janr chegaralaridan chiqadigan ko‘plab asarlari orasida “Sevgi va fantaziya fashizmi” (1987) romani alohida e’tiborga loyiq. Unda yaqin kelajakdagi Yaponiya ijtimoiy darvinizm tamoyillariga asoslangan shafqatsiz antiutopiyaga aylanadi, so‘ngra yadro quroliga ega bo‘lib, jahon maydonida yetakchi pozitsiyalarni egallaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar