Yaponiyadagi o‘zbekistonlik Fuji tog‘iga O‘zbekiston bayrog‘ini olib chiqdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 31 yilligi bayrami sharafiga Yaponiyadagi faol o‘zbekistonlik Hobil Yusupov tomonidan mamlakat bayrog‘i Kunchiqar mamlakatning eng baland nuqtasi – Fuji tog‘i cho‘qqisiga olib chiqildi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar bermoqda. 

Hobil Yusupov Yaponiyadagi barcha vatandoshlar nomidan O‘zbekiston Mustaqilligi kuni munosabati bilan tabrik yo‘llashidan, O‘zbekiston bayrog‘ining Fuji tog‘i cho‘qqisida hilpirab turishidan mamnun ekanini qayd etgan.

“Mustaqillik naqadar buyuk ne’mat ekanligini biz teran anglaymiz”, degan u.

Eslatib o‘tami, balandligi 3776 metrni tashkil etadigan, Yaponiya madaniy va diniy hayotida alohida o‘ringa ega bo‘lgan Fuji tog‘i Kunchiqar yurtning ramzi sifatida ham tilga olinadi. Bu tog‘ YUNESKOning Butunjahon tabiiy merosi ro‘yxatiga kiritilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

73

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing