Yaponiyadagi 7 balli zilzila bo‘yicha yangi tafsilotlar e’lon qilindi

Olam

image

Avvalroq Yaponiyada 7,1 balli zilzila sodir bo‘lgani haqida xabar berilgandi. Mamlakat bo‘yicha 30 kishi hodisa oqibatida jarohat olgan. 

Ayni paytda mahalliy hokimiyat organlari qurbonlar to‘g‘risida ma’lumot yig‘moqda. Fukusima va Miyagi prefekturalarida ham bir nechta yong‘in sodir bo‘lgan va yong‘in xizmati hozirda ushbu ma’lumotlarga aniqlik kiritmoqda.

Fukusima prefekturasining Ivaki shahridan Yaponiya jamoat televideniyesining jonli kadrlarida mahalliy savdo markazining Singan oynalari aks etgan. Savdo do‘konlarining ko‘pchiligining tokchalar ko‘chib tushgan.

Mamlakat Vazirlar Mahkamasining Bosh kotibi Katsunobu Kato favqulodda matbuot anjumanida ilgari e’lon qilingan sunami ogohlantirishi bekor qilinganligini aytdi. Bundan tashqari, Kato mahalliy aholini tinchlanishga chaqirdi va mamlakat hukumati tabiiy ofat oqibatlarini minimallashtirish uchun barcha choralarni ko‘rayotganini ta’kidladi. 

Bosh vazir Yosixide Suganing ofisida inqirozga qarshi shtab ish boshladi, Yaponiya hukumati rahbarining o‘zi ham, kabinetning boshqa a’zolari singari voqea joyiga yetib kelgan. Vazirlar Mahkamasining Bosh kotibi mahalliy aholi zudlik bilan mavjud vaziyat to‘g‘risida ma’lumot olishiga va’da berdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

237

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing