Yaponiyada salkam 5 balli zilzila sodir bo‘ldi
Olam
−
16 mart 2021
2656Yaponiyaning Ibaraki prefekturasida (Tokio shimolida) 4,8 balli zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Yaponiya meteorologiya agentligi xabar berdi.
Zilzila bugun, 16 mart kuni mahalliy vaqt bilan soat 04:56 da qayd etilgan. Zilzila epitsentri Ibaraki prefekturasining janubida, 50 km chuqurlikda joylashgan.
Xabarlarga ko‘ra, sunami xavfi e’lon qilinmagan.
Oxirgi marta silkinishlar Yaponiyada 14 mart kuni Kumamoto prefekturasida, 10 km chuqurlikda qayd etilgandi. Uning magnitudasi 4.4 ballni tashkil etgan. Shuningdek, 9 mart kuni Miyagi prefekturasi yaqinida 80 km chuqurlikda 4.8 balli zilzila sodir bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 13 fevral kuni Yaponiyada 7,1 balli zilzila sodir bo‘lgandi.
Keyinchalik undan jabrlanganlar soni 100 dan ortgani haqida xabar berildi.
LiveBarchasi