Yaponiyada orollar soni ikki barobar ortdi – “Kyodo”
Olam
−
14 fevral 2023
8818Yaponiya hukumati so‘nggi 35 yil ichida birinchi marta mahalliy akvatoriyani o‘rganish ishlarini olib bordi. Natijalarga ko‘ra ushbu vaqt mobaynida mamlakatda tegishli orollar soni ikki barobarga – 6852 tadan 14 125 taga oshdi. Bu haqda “Kyodo” axborot agentligi xabar berdi.
Tadqiqot 2022 yilda hukumat tomonidan tasdiqlangan Yaponiya xaritasining elektron versiyasini avtomatlashtirilgan holda o‘rganish asosida o‘tkazildi. Olingan ma’lumotlar o‘tmishdagi ayerofotosuratlar bilan taqqoslandi. Yakuniy ro‘yxatga aylanasi 100 metrdan oshgan orollar kiritildi.
Agentlik xabariga ko‘ra, orollar sonining ikki barobarga oshishi mamlakat rasmiylarining hududiy suv chegaralarini kengaytirish da’vosiga sabab bo‘lolmaydi. Yangilangan statistik ma’lumotlar mart oyida ommaga e’lon qilinishi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, hududdagi bir guruh orollar Yapon dengizida – Yaponiya va Janubiy Koreya o‘rtasida joylashgan. Ikkinchi Jahon urushidan keyin bu orollar Koreya hududiga aylangan edi. Yaponiya buni “noqonuniy ishg‘ol” deb atagan va o‘z hududidagi orollar doirasiga kiritishga uringan.
LiveBarchasi