Yaponiyada odamlarni yuvadigan kir mashina ishlab chiqariladi

Texnologiya

image

Yaponiyaning Science kompaniyasi odamlar uchun kir yuvish mashinalari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “Oddity Central” nashri xabar bermoqda. 

Kompaniya vakillarining aytishicha, qurilma 2025 yilda sotuvga chiqariladi. Mashina ultratovush yordamida odamni tozalaydi, massaj qiladi va quritadi. Jarayon 15 daqiqadan ko‘proq davom etishi kutilmoqda.

Turli datchiklar yordamida sun’iy intellekt iste’molchiga uning tanasi haqida to‘liq ma’lumot topishga va qulay muhit yaratishga yordam beradi.

Kompaniyaning qo‘shimcha qilishicha, qurilma dam olish mumkin bo‘lgan shifobaxsh maydon vazifasini ham o‘taydi. Uning ichidagi displeyda sokin musiqa sadolari va video bilan tinchlanish mumkin bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

391

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing