Yaponiyada bolalar soni keskin kamayib ketmoqda
Olam
−
05 may 2022
9193Yaponiyada ko‘p yillardan beri aholi ulushida bolalar soni kamayib bormoqda. Bu noxush an’ana 41-yil ham davom etdi. 2022 yilga kelib mamlakatda bolalarning soni 14 million 650 ming kishigacha tushib ketdi. Bu haqdagi ma’lumotlar mamlakat Ichki ishlar va kommunikatsiyalar vazirligi tomonidan e’lon qilingan.
Qayd etilishicha, joriy yilda Yaponiyada 14 yoshgacha bo‘lganlar soni o‘tgan yilga nisbatan 250 ming nafarga kamaygan.
Hozirgi kunda mamlakatda 12-14 yoshdagi 3,23 million kishi, 9-11 yoshli 3,13 million kishi, 6-8 yoshli 3 million kishi, 3-5 yoshli 2,78 million kishi, 2 yoshgacha bo‘lgan 2,51 million kishi istiqomat qiladi.
Oxirgi statistik ma’lumotlarga ko‘ra esa, Yaponiyada bolalar sonining umumiy aholi soniga nisbati 11,7 foizni tashkil etadi.
LiveBarchasi