Myanma aeroportida samolyot halokatga uchradi

Olam

image

“Biman Bangladesh Airlines” aviakompaniyasiga tegishli Bombardier Dash 8 Q400  samolyoti Myanmadagi Yangon aeroportiga qo‘nish chog‘ida halokatga uchragan.

Dhaka Tribune ma’lumotiga ko‘ra, hodisa sabab 19 kishi jabrlangan. Nashrning yozishicha, samolyot bortida 31 kishi bo‘lgan. Ular Bangladesh, Myanma, Kanada, Xitoy, Hindiston, Fransiya va Shveysariya davlatlari fuqarolari bo‘lishgan. 

France-Presse  agentligining xabariga ko‘ra esa, 11 kishi jarohat olgan. "Uchuvchi, bort kuzatuvchisi va 9 yo‘lovchi yengil tan jarohati olgan", - deb xabar bermoqda agentlik samolyotning uchish-qo‘nish yo‘lagidan chiqib ketib yerga qulaganiga guvoh bo‘lgan politsiya xodimiga tayanib. 

“Bu hodisa uchinchi terminalning yonida sodir bo‘ldi. Natijada samolyotning tumshug‘i va qanotlariga jiddiy zarar yetdi", – dedi politsiya xodimi.

“Biman Bangladesh Airlines”ga tegishli samolyot Bangladesh poytaxti Dakkadan parvozni amalga oshirgan edi. Samolyot uchuvchisi Yangon aeroportiga qo‘nishni yakunlayotgan vaqtda kuchli shamol va jala tufayli uchish-qo‘nish yo‘lagidan chiqib ketgan.

Ma’lum bo‘lishicha, aeroport yomon ob-havo sabab vaqtincha yopib qo‘yilgan. Barcha reyslar poytaxtdagi Neypido aeroporti orqali amalga oshirilmoqda


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

31

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing