Yaponiya jarohatlangan ukrainalik askarlarni davolamoqchi

Olam

image
0:00
0:00
download

Yaponiya Bosh vaziri Fumio Kisida mamlakat yaralangan ukrainalik askarlarni davolash uchun qabul qilishni boshlashini aytdi. Bu haqda Yaponiya Tashqi ishlar vazirligi ma’lumotlariga tayanib, TASS nashri xabar berdi.

“Bosh vazir, shuningdek, Ukrainani har tomonlama, jumladan, mamlakat infratuzilmasini tiklashga qaratilgan yordamni davom ettirishga va’da berdi”, degan vazirlik.

Bundan tashqari, Kisida Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyga 100 ta harbiy yuk mashinasini yetkazib berishni va’da qilgan. Bayon etilishicha, Yaponiya Ukrainaga 100 ta harbiy yuk mashinasi bilan birga boshqa transport vositalari, shuningdek, Yaponiya o‘zini-o‘zi mudofaa qilish kuchlari harbiy xizmatchilari foydalanadigan 30 mingga yaqin armiya ratsioni to‘plamini taqdim etadi.

Eslatib o‘tamiz, Yaponiya 19-21 may kunlari Xirosima shahrida G7 sammitiga mezbonlik qildi. Unda dastlab Zelenskiy onlayn ishtirok etishi taxmin qilingan edi. Biroq keyinchalik u uchrashuvda shaxsan ishtirok etish istagini bildirdi. Prezident Zelenskiy 20 may kuni Xirosima aeroportiga Fransiya hukumati samolyotida yetib kelgandi.

Nurmuhammad Fayzullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing