Yaponiya yaqinlashayotgan tabiiy ofatga tayyorgarlik ko‘ra boshladi
Olam
−
10 Oktabr 2020
6862Yaponiyada 9 mingga yaqin odam "Chan-xom" to‘foni yopirilishi munosabati bilan evakuatsiya qilinishi mumkin. Bu haqda NHK telekanali ma’lum qildi.
G‘arbiy Nara prefekturasining bir nechta tumanlari, shuningdek, Tokio janubidagi Miyakedzima orolining 2,3 ming aholisi evakuatsiya qilinish bo‘yicha tavsiyalar olgan.
To‘fon munosabati bilan kutiladigan noqulay ob-havo tufayli 12 ta ichki reys bekor qilingan. Temir yo‘l transporti esa jadval asosida ishlaydi.
Ma’lumot uchun, tropik bo‘ron tasirida mamlakatning bir qator mintaqalarida, shu jumladan poytaxtda kuchli yomg‘ir yog‘moqda.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 9 oktyabr kuni AQSHning Luiziana shtatiga "Delta" to‘foni yopirilgandi.
LiveBarchasi