Yaponiya va Markaziy Osiyo davlatlari Tashqi ishlar vazirlari uchrashadi

Olam

image

Joriy yilning 24 dekabr kuni Tokiyoda “Markaziy Osiyo plyus Yaponiya” formatidagi tashqi ishlar vazirlari uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda bugun, 15 dekabr kuni Yaponiya tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, muzokaralar davomida tomonlar qo‘shma hamkorlik, Markaziy Osiyo mintaqasini barqaror rivojlantirish masalalarini muhokama qiladi. Bundan tashqari, kun tartibida xalqaro muammolar, jumladan, Ukraina va Afg‘onistondagi vaziyat ham muhokama qilinadi. Yaponiya TIV ma’lumotlariga ko‘ra, vazir Yosima Xayashi hamkasblari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar ham o‘tkazadi.

Ma’lumot uchun, kutilayotgan uchrashuv ushbu formatdagi tadbirlarning to‘qqizinchisi bo‘ladi. 2004 yildan beri o‘tkazib kelinayotgan bu formatdagi uchrashuvlarning oxirgisi joriy yilning 15 aprelida videokonferensiya shaklida bo‘lib o‘tgan edi. Unda Yaponiya, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Turkmaniston, Qirg‘iziston va Tojikiston tashqi ishlar idoralari rahbarlari qatnashgan edi. O‘zbekiston tomonidan o‘sha paytdagi Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov ishtirok etgan.

Ta’kidlash joizki, Yaponiya oxirgi paytlarda Markaziy Osiyo davlatlari bilan munosabatlarni rivojlantirishga katta e’tibor qaratmoqda. Masalan, joriy yilning noyabr oyida Tokioda Yaponiya va Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi do‘stlik bo‘yicha parlament a’zolari uyushmasi tashkil etildi. Unga Yaponiyadagi Liberal-demokratik partiya raisi o‘rinbosari, sobiq bosh vazir Taro Aso boshchilik qildi. Dekabr oyi boshida esa Yaponiya poytaxtida mintaqa davlatlarining hokimiyat va biznes vakillari ishtirokida Markaziy Osiyo investitsiya forumi (“Central Asia Investment Forum-2022”) ham bo‘lib o‘tdi.

Alibek Beyjanov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

20

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing