Yaponiya Rossiyani xavfsizlik uchun tashvish deb ataydi – OAV
Olam
−
10 dekabr 2022
4288Yaponiya hukumati yangilangan milliy xavfsizlik strategiyasida Rossiyani xavfsizlikka tashvish uyg‘otuvchi sifatida tavsiflashni rejalashtirmoqda. Bu haqda hukumatdagi manbalariga tayanib, “Asahi Shimbun” gazetasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, 2022 yil oxirigacha Yaponiya Vazirlar Mahkamasi mudofaa sohasida uchta yangilangan hujjatni taqdim etishi kerak. Bular – milliy xavfsizlik strategiyasi, milliy mudofaa dasturi normalari va o‘rta muddatli mudofaa dasturi. Yangilangan milliy xavfsizlik strategiyasi kelasi hafta oxiridayoq tasdiqlanishi mumkinligi istisno qilinmagan.
Nashrning ta’kidlashicha, hukmron Liberal-demokratik partiyada Rossiyaning xatti-harakatlarini tashvish uyg‘otadigan emas, tahdid deb hisoblash kerak, degan fikr bor.
2013 yilda qabul qilingan milliy xavfsizlik strategiyasining amaldagi tahririda esa “barcha sohalarda hamkorlikni rivojlantirish va umuman Yaponiya-Rossiya munosabatlarini kengaytirish, bu esa Yaponiya xavfsizligini ta’minlashga hissa qo‘shishi” zarurligi ta’kidlangan.
LiveBarchasi