Yaponiya Rossiya oltini importiga taqiq qo‘ydi

Olam

image

Yaponiya hukumati tomonidan ilgari qabul qilingan Rossiya Federatsiyasidan Yaponiyaga oltin olib kirish taqiqi 1 avgustdan kuchga kiradi. Bu haqda mamlakat Moliya vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

“Bu borada vazirlikning yangilangan bildirish xati joriy yilning 1 avgustidan kuchga kiradi”, deyiladi xabarnomada.

Hujjatga ko‘ra, oltin importini taqiqlash Yaponiya Vazirlar Mahkamasi tomonidan 5 iyulda qabul qilingan qaror asosida, Rossiya Federatsiyasiga aloqador shaxslarning aktivlarini muzlatish choralari doirasida joriy etilgan.

Eslatib o‘tamiz, Yevropa Ittifoqining yettinchi sanksiyalar paketi ham Rossiya oltiniga qarshi cheklovlarni o‘z ichiga olgan. 


Maqola muallifi

Teglar

oltin Yaponiya

Baholaganlar

41

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing