Yaponiya Rossiya neftiga embargoni olqishladi
Olam
−
31 may 2022
7701Yaponiya hukumati Yevropa Ittifoqi davlatlarining Rossiya neftining importiga qisman embargo qo‘yish qarorini qo‘llab-quvvatlaydi. Bu haqda seshanba kuni Tokiodagi matbuot anjumanida Vazirlar Mahkamasi bosh kotibi Xirokadzu Matsuno ma’lum qildi.
“Neft eksporti Rossiya uchun valyutada daromad olishning muhim vositasidir va men Yevropa Ittifoqining Rossiyaga energetik qaramligimizni yanada kamaytiradigan chora-tadbirlar ustida hamkorlikda ishlashga kelishib olganini olqishlayman”, deydi u.
Matsuno, shuningdek, Yaponiya katta yettilik guruhi (G7) davlatlarining Rossiya Federatsiyasidan energiya resurslariga qaramligini kamaytirish istagini qo‘llab-quvvatlashini eslatdi.
“Deyarli to‘liq neft importiga qaram bo‘lgan mamlakatimiz uchun bu juda og‘ir qaror bo‘ldi, ammo hozir G7 birligi katta ahamiyatga ega bo‘lgan davr”, deydi u.
Kecha, 30 may kuni Yevropa Ittifoqi davlatlari va hukumatlari rahbarlari Rossiyaga qarshi sanksiyalarning oltinchi paketini kelishib oldilar. U Rossiya neftining importiga qisman embargoni va Sberbankni SWIFT xalqaro banklararo ma’lumot uzatish va to‘lovlar tizimidan uzishni o‘z ichiga oladi.
Yevropa Kengashi vakilining Bryusselda jurnalistlarga aytishicha, bu siyosiy qaror bo‘lib, undan keyin texnik protsedura bo‘lishi kerak. Qaror qabul qilingach, YeIning rasmiy jurnalida e’lon qilinadi va kuchga kiradi. Ushbu cheklovlarni joriy etishning aniq muddati hali e’lon qilinmagan.
LiveBarchasi