Yaponiya KXDR harakatlarini qoralab chiqdi
Olam
−
24 mart 2022
6717Avvalroq, Koreya Xalq Demokratik Respublikasi bugun, 24 mart kuni yapon dengizi tomonga noma’lum raketani uchirgani haqida xabar bergandik.
Yaponiya Mudofaa vazirligiga ko‘ra, u yangi turdagi qit’alararo ballistik raketa bo‘lgan.
Shimoliy Koreya raketasi taxminan 1 100 km masofani bosib o‘tgan, 70 daqiqa parvoz qilgan va maksimal balandligi 6000 kilommetrdan oshgan. Ta’kidlanishicha, raketa Yapon dengizidagi mamlakatning eksklyuziv iqtisodiy zonasiga tushgan.
"Shimoliy Koreyaning harakatlari Yaponiya, mintaqa hamda butun xalqaro hamjamiyat uchun jiddiy va to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahdiddir, buni mutlaqo qabul qilib bo‘lmaydi. Biz diplomatik kanallar orqali norozilik bildirdik", deydi Mudofaa vazirligi vakili.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Yaponiya AQSH va xalqaro hamjamiyat bilan Shimoliy Koreyaning raketa muammosi bo‘yicha hamkorlikda va mamlakat mudofaa qobiliyatini har tomonlama mustahkamlashda davom etadi.
Vazirlik xabarida ta’kidlanishicha, bu safar uchirilgan raketa texnik jihatdan Pxenyan 2017 yilda sinovdan o‘tkazgan "Xvason-15" qit’alararo ballistik raketasinikidan ancha kuchli.
LiveBarchasi