Yaponiya Germaniyaning “og‘zini yopdi” va bu sensatsiya emas...

Sport

image

Jahon chempionatining to‘rtinchi kuni yakunlandi. 23 noyabr kuni "E" va "F" guruhlarida 1-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. 

1-tur Germaniya terma jamoasining har qachongidanda kuchsiz ekanligini ko‘rsatib turibdi.

O‘z guruhida Germaniya va Ispaniya birinchi o‘rin uchun kurash olib borishi kutilgandi. Ammo ular hozir turli xil holatda.

"E" guruhida hamma narsa aniqdek ko‘rinmoqda. Katta ehtimol bilan Ispaniya guruhda 1-o‘rinni egallaydi, 2-o‘rin uchun esa Yaponiya asosiy nomzod sifatida ko‘rsatilmoqda. Kosta-Rika va Germaniyada guruhdan chiqish imkoniyati keskin kamayib ketdi, ammo hozircha ularda ham nazariy imkoniyatlar bor.

Germaniya terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda omadsizlikka uchradi. Qolaversa, o‘yin davomida hammasi nemislar nazorati ostida bo‘lgandek tuyuldi, ammo barchasi yaponiyaliklarning kambeki va g‘alabasi (2:1) bilan yakunlandi. Ispaniya o‘z uchrashuvida hech qanday sensatsiyaga yo‘l qo‘ymadi va Kosta-Rikani mag‘lub etib, bizga ushbu Jahon chempionatining eng yirik mag‘lubiyatini taqdim etdi – 7:0.

Hozir Germaniya terma jamoasi juda qiyin holatda. Agar jamoa 2-turda Ispaniyaga yutqazsa, deyarli pley-offsiz qoladi.

Marokash va Xorvatiya terma jamoalari ushbu Jahon chempionatida eng zerikarli o‘yinlardan birini ko‘rsatdi va birorta ham gol urmadi. Kanada esa Qatarga shunchaki, ishtirok uchun kelmaganini isbotladi. Guruhda Belgiya uch ochko bilan peshqadamlik qilmoqda, Xorvatiya va Marokash ikkinchi va uchinchi o‘rinlarda, Kanada esa guruhda oxirgi o‘rinni band etib turibdi.

2-turda Belgiya Marokash bilan o‘ynaydi. Agar oxirgi Jahon chempionatining bronza medali sohiblari g‘alaba qozonsa, pley-off yo‘llanmasi kafolatlanadi. Shu bilan birga, durang qayd etilgan taqdirda ham guruhdan chiqish uchun yaxshi imkoniyat saqlanib qolinadi.

Kanadada vaziyat murakkab, biroq ular ilk turda raqiblariga munosib qarshilik ko‘rsatdilar. Keyingi o‘yinda Kanada Xorvatiya bilan o‘ynaydi. Bu uchrashuv ko‘p jihatdan hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi: xorvatlar g‘alaba qozonsa, guruhdan chiqish uchun yaxshi imkoniyatga ega bo‘ladi, ammo teskarisi bo‘lsa kanadaliklar mundialda imkon qadar uzoqroqqa borish imkoniyatini saqlab qoladi. 

"E" va "F" guruhlarida 2-tur o‘yinlari taqvimi:

"E" guruhi

Yaponiya K Kosta-Rika, 27 noyabr, 15:00;

Ispaniya – Germaniya, 27 noyabr, 00:00.

"F" guruhi

Belgiya – Marokash, 27 noyabr, 18:00;

Xorvatiya – Kanada, 27 noyabr, 21:00.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

32

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing