Yaponiya Bosh vaziri Ukrainaga tashrif buyurishi mumkin

Olam

image

Yaponiya Bosh vaziri Fumio Kisida fevral oyi o‘rtalarida Ukraina poytaxti Kiyevga tashrif buyurishi kutilmoqda. Bu haqda Yomiuri Shimbun gazetasi xabar berdi.

Unda aytilishicha, Bosh vazir Fumio Kisida Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan muzokaralar o‘tkazishni rejalashtirgan.

“Yakuniy qaror mintaqadagi harbiy vaziyatni baholash asosida qabul qilinadi”, deyiladi xabarda.

Shuningdek, agar tashrif Kiyev va Tokio tomonidan tashkillashtirilsa, Kisida va Ukraina rasmiylari o‘rtasida Rossiya harakatlarini qoralaydigan qo‘shma bayonot qabul qilinishi ham mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yaponiya hukumati Kiyevga yordam ko‘rsatish maqsadida 22 yanvardan boshlab ukrainalik sapyorlarni mamlakatda o‘qitishi haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Yaponiya Ukraina Kisida

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing