Yaponiya Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyevni tantanali kutib oldi

Jamiyat

image

Bugun, 20 dekabr kuni Tokiodagi “Kantey” qarorgohida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Yaponiya Bosh vaziri Sanae Takaichi davlat rahbarini samimiy kutib oldi va shohsupaga taklif qildi.

Ikki mamlakatning davlat madhiyalari yangradi. Yetakchilar faxriy qorovul safi oldidan o‘tdilar va rasmiy delegatsiyalar a’zolarini qutladilar.

Birgalikda suratga tushildi.

Shundan so‘ng oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing