Yaponiya AQSHdan qanotli raketalar sotib olishni rejalashtirmoqda

Olam

image

Yaponiya hukumati AQSHdan 400 tagacha Tomahawks qanotli raketalarini sotib olmoqchi. Bu haqda “Kyodo” agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, bugun, 27 fevral kuni mamlakat parlamenti quyi palatasi byudjet komissiyasi kengashida shu masala muhokama qilingan va hukmron partiya vakillari tomonidan qo‘llab-quvvatlangan. Yaponiya hukumati avvalroq faqat ehtimoliy dushman hududiga javob zarbasi berish potensialini qo‘lga kiritish maqsadida Qo‘shma Shtatlardan Tomahawks raketalarini sotib olish niyatida ekanini e’lon qilgan. Biroq Vazirlar mahkamasi vakillari maxfiylikni saqlash zarurligini bahona qilib, ushbu qurollarning aniq sonini ma’lum qilishdan bosh tortgan.  

Manbaga ko‘ra, raketalarni Yaponiya dengiz flotining harbiy kemalariga joylashtirish taxminan 2026 yilga mo‘ljallangan. Qo‘shma Shtatlardan sotib olingan raketalarning xususiyatlari haqida batafsil ma’lumot berilmagan bo‘lsada, ular 1,6 dan 2,5 ming km gacha bo‘lgan masofani bosib o‘ta olishi aytilgan. 

Shu bilan birga, Tokio hozirda o‘zining 12-toifa raketalarini modernizatsiya qilmoqda, ularning uchish masofasi ming kilometrdan oshishi kutilmoqda. Ushbu qurollar yerdagi mobil qurilmalar, shuningdek, kemalar va samolyotlar uchun alohida versiyalarda ishlab chiqilishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Yaponiya hududida ko‘plab Xitoy dronlari kuzatilayotgani sababli mamlakat o‘z harbiylari sonini 12 baravarga oshirgan edi.

Alibek Beyjanov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing