Yaponiya hukumati to‘liq tarkibda iste’foga chiqdi 

Olam

image
0:00
0:00
download

Bugun, 10 avgust kuni Yaponiya hukumati to‘liq tarkibda iste’foga chiqdi. Bu haqda “Kyodo” axborot agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, mamlakat Bosh vaziri Fumio Kisida Vazirlar Mahkamasi tarkibini butunlay o‘zgartirishga qaror qilgan.

Hukumat tarkibiga o‘zgartirish kiritish joriy yilning sentyabr oyining boshida kutilgan edi, ammo Kisida Yaponiyada iqtisodiy muammolar ko‘payib borayotgani sababli buni hozir qilishga qaror qilgan. Xususan, “yangi kapitalizm” iqtisodiy konsepsiyasini targ‘ib qilishni jadallashtirish rejalari, oziq-ovqat va yoqilg‘i narxlarining ko‘tarilishi hukumat iste’fosining bosh omili bo‘lgan.

Ma’lumot o‘rnida, Fumio Kisida 2021 yilning 4 oktyabrida Yaponiya Bosh vaziri lavozimiga tayinlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

549

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing